Brayan Saragosa shartnomasidagi band tafsilotlari ma'lum bo'ldi
Brayan Saragosaning shartnomasidagi 8 million yevrolik sotib olish opsiyasi qanday shartlar bajarilganda majburiy bo'lishi ma'lum qilindi.
💸 Brayan Saragosa shartnomasidagi 8 million yevrolik sotib olish opsiyasi, agar ikki shart bajarilsa, majburiy tus oladi:
🔴 «Espanyol» La Ligada jon saqlab qolsa
🔴 Brayan liga doirasidagi 20 ta o'yinda kamida 45 daqiqadan maydonda harakat qilsa
✏️ Agar har ikki shart bajarilsa, ispaniyalik futbolchi 2032-yilgacha mo'ljallangan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
📰 Mundo Deportivo