"Qirollik klubi" ustozi matbuot anjumanining ikkinchi qismi.
"Valverdening o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynashini yoqtirmayman. Bu holat avvalroq Urugvay terma jamoasida va "Madrid"da ham kuzatilgandi. Men Federikoni yarim himoyachi deb bilaman. U ham pozitsion, ham mobil o'yin ko'rsata oladi".
"Espi? Tarkibda shunday gigantning bo'lishi har doim yaxshi. Espi va Mbappe bog'lamasi bo'lishi mumkinmi? Ha, xuddi Endrik va Mbappe kabi. Espi Endrikdan farqli o'laroq, boshqacha uslubdagi futbolchi. O'yin borishiga qarab, u "Espanol"ga qarshi bahs uchun ideal variant edi. O'ylaymanki, raqibni bosim ostida ushlab turishimiz kerak bo'lgan pallalarda Espi biz uchun muhim bo'lishi mumkin".
"Endrikda mushaklardagi noqulaylik bor, ammo bu mayda narsa. U menga juda yoqadi. Ko'plab klublar Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo men: "Yo'q", dedim. Uni "Madrid"da ko'rishni istayman".
"Tchuameni jarohatini yangilab olgani yo'q. Ammo u JCHda terma jamoa uchun o'ynab, sog'ligini xavf ostiga qo'ygandi. Orelien hali mushaklardagi noqulaylikdan to'liq qutulgani yo'q. U safga qaytishga urinmoqda, ammo 100 foiz tayyor bo'lmay turib o'ynab bo'lmaydi. Tchuameni jarohatdan to'liq tuzalguniga qadar kutamiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!