The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Mourinyu kelasi mavsumda Trent Aleksandr-Arnoldga katta umid bog'lamoqda. Madrid klubi himoyachi bilan 6 yillik shartnoma imzolagani ham jamoaning unga bo'lgan ishonchini ko'rsatadi.
Portugaliyalik mutaxassis Trentni jamoaning asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmoqda. Biroq, Mourinyu futbolchining to'p nazorati, uzatmalar va zarbalarini inobatga olib, uni asta-sekin o'ng qanot himoyasidan yarim himoyaga o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Dumfris ham bo'lajak mavsumda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Madridliklar 30 yoshli gollandiyalik futbolchini Trent bilan raqobatni kuchaytirish uchun sotib olishgan. Dumfrisning Madrid safida Espanyolga qarshi o'yinda (22.08) asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!