Rodri va Diomande transferi atrofidagi so'nggi xabarlar
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Rodri va Diomande transferi atrofidagi so'nggi xabarlar

🖥 The Athletic (Ornshteyn): "Madrid"da Rodri transfer oynasi yopilgunga qadar klubga o'tishiga ishonch katta. Balki bu o'ta o'ziga ishonchli yondashuvdir, balki vaziyatning real aksi. "Manchester Siti" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo hozircha buning amalga oshishiga hech qanday ishora yo'q.

📻 Cadena SER: "Madrid"da Ousmane Diomande transferini shu hafta oxirigacha rasman e'lon qilib, keyin butun e'tiborni Rodri transferiga qaratmoqchi.

📰 Marca: "Barselona" yozda Rodrini qo'lga kiritishga urinib ko'rmaydi. Kataloniyaliklar 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Real Madrid"ga o'tishiga ishonmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!