Radio Marca jurnalisti Valentin xabariga ko'ra, Real Madrid Rodrini bir necha oy oldin, ya'ni JCh boshlanguniga qadar o'z safiga qo'shib olishi mumkin edi. Klub uni mundial yakunlangach ham sotib olish imkoniyatiga ega edi. Madridliklar futbolchi uchun yagona da'vogar bo'lgan. Rodrining o'zi ham jamoaga o'tish uchun barcha choralarni ko'rgan.
Real Madrid Rodrini imzolashi mumkin edi. Klub uni mundialdan keyin ham xarid qilishi mumkin bo'lardi. Madrid yagona da'vogar edi. Rodrining o'zi jamoaga o'tish uchun qo'lidan kelganini qildi.
Ammo Madridda yarim himoyani emas, boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga ustuvorlik berishga qaror qilishdi. Aytish joizki, klub bir necha yildan buyon shu tarzda ish yuritmoqda.
Real Madrid juda uzoq vaqt harakatsiz qoldi. Bu Madrid bosh direktori Sanchesning mutlaq layoqatsizligi, u deyarli yakunlangan ikkita transferni [Diomande va Rodri] oxiriga yetkaza olmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!