Real Madrid va VAR: La Ligadagi anti-rekordlar va statistik faktlar
ZZoneRM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 33

Real Madrid va VAR: La Ligadagi anti-rekordlar va statistik faktlar

📉La Ligada VAR joriy etilganidan beri ilk bor gol muallifi [Vinisius] qizil kartochka oldi va uning goli bir epizod doirasida bekor qilindi.

📉"Madrid"ning 42 ta goli VAR orqali ko'rib chiqilgandan so'ng bekor qilingan — bu Primera tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich. Ikkinchi o'rinda "Atletiko" va "Vilyarreal" (22 tadan), uchinchi o'rinda esa "Selta", "Sosedad" va "Sevilya" (20 tadan) bormoqda. Undan keyin "Barselona" (19).

📉"Madrid" futbolchilari [Xausen va Vinisius] 2019-yilning fevralidan beri ilk bor La Liga doirasidagi ketma-ket ikki o'yinda qizil kartochka olishdi. O'shanda Nacho va Ramos maydondan chetlatilgandi.

📈"Real Madrid" "Vilyarreal"ga qarshi so'nggi beshta o'yinda ketma-ket 5 ta g'alabaga erishdi.

📈Diomande "Real Madrid" safidagi ilk golini urdi.

📈Vinisius Primera doirasida o'zining 250-uchrashuvini o'tkazdi.

📈Tchuameni "Real Madrid" tarixida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan oltinchi fransiyalik futbolchiga aylandi. Bungacha Mendi, Zidan, Kamavinga, Varan va Benzema ushbu natijaga erishgan edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!