Kilian Mbappe va Ibrahima Konate jarohatlari haqida yangiliklar
Kilian Mbappe va Ibrahima Konatening jarohatlari bo'yicha so'nggi ma'lumotlar. Mbappe ikki haftada safga qaytishi mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, Madridda Mbappe taxminan 2 haftadan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.
Ibrahima Konate masalasiga kelsak, himoyachi jarohati sababli eng yomon holatda 3-4 hafta maydondan chetda qolishi mumkin.
AS jurnalisti Gabilondo: "Meni Mbappe tez-tez bir xil tizzasini jarohatlayotgani xavotirga solmoqda. U o'tgan mavsumda, shuningdek, PSJ safida o'ynagan vaqtida ham chap tizzasi bilan bog'liq muammolarga duch kelgandi. Bu uning o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatishi va Mbappeda o'ziga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin"