Real Madrid Olise transferi bo'yicha vaziyatni kuzatmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 31

Real Madrid Olise transferi bo'yicha vaziyatni kuzatmoqda

📝 Fabrisio Romano (insayder): "Bavariya" Olise bilan shartnomani uzaytirish uchun bor kuchini ishga soladi. Myunxenliklar vingerga ham moliyaviy, ham sport nuqtai nazaridan juda manfaatli shartnoma taklif qilishadi.

"Madrid" 24 yoshli fransiyalik futbolchining kelajagi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Klub rahbariyati, ayniqsa Peres, Oliseni juda qadrlaydi.

Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" "Bavariya" bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni ham istashadi. Aynan shu sababli, o'tgan yozda "Madrid" futbolchini qo'lga kiritish istagiga qaramay, Olise bo'yicha hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagan edi.

📰 L’Équipe (❓) | Mbappe va Konatedan tashqari, Oliseni "Real Madrid"ga o'tishga ko'ndirishga Kamavinga ham urinmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!