Xorxe Pikon: Kilian Mbappening harakatlari uning obro'siga putur yetkazmoqda
Xorxe Pikon Kilian Mbappening so'nggi kunlardagi xatti-harakatlari va ularning futbolchi imidjiga ta'siri haqida fikr bildirdi.
👀 Xorxe Pikon:
Bunday kampaniyalar har doim klub tomonidan olib borilgan, o'yinchi tomonidan emas.
Kilianning qilayotgan ishi — bu so'nggi to'rt kun ichida (matbuot anjumani, CBS va L'Equipe) mukofot so'rab deyarli yalinish bilan barobar.
Va nazarimda, bu muxlislar ko'z o'ngida uning obro'siga faqat zarar keltirmoqda.