MARCA: «Mestalya» o'yingohida «Real» va «Valensiya» futbolchilari o'rtasidagi o'yin tanaffusida to'qnashuv yuz berdi.
Mojaro «Valensiya» sport direktori Braulio hakamlar brigadasiga nisbatan e'tirozlarini hissiyot bilan bildirganidan so'ng boshlangan. Bellingem uni yon hakamdan uzoqlashtirish maqsadida kurtkasidan tortgan, shundan so'ng vaziyat ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.
Xavfsizlik xizmati xodimlari futbolchilarni ajratishga va «Real» o'yinchilarini kiyinish xonasi tomon chekinishga majburlashga urinishgan. To'qnashuv vaqtida Ryudiger qo'li bilan qo'riqchilardan birining yuziga urib yuborgan.
«Valensiya»da yuz bergan holat aks etgan video borligini va nima uchun bu hodisa o'yin bayonnomasida qayd etilmaganidan hayron ekanliklarini ma'lum qilishmoqda. Hakamning o'zi esa hisobotda faqat Braulioning hakamlar brigadasi bilan bo'lgan mojarosini tilga olgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!