Endrik kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Endrik kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q

📰 Marca | Endrikni o'z safiga qo'shib olish «Roma» prezidenti va jamoa ustozi Gasperini uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Rimliklar ustozi «Madrid» va «Roma» o'rtasidagi bahsdan so'ng forvard bilan suhbat o'tkazgan. Braziliyalik futbolchining o'zi ham Chempionlar ligasida ishtirok etadigan «Roma»ga o'tish imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.

Biroq Mourinyu Endrikni «qaymoqranglilar» safida saqlab qolmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis 20 yoshli hujumchiga amaliyot zarurligini tushunadi, biroq uning «Madrid»da qolishi futbolchining rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonadi.

Endrik Mourinyuning o'ziga bo'lgan munosabatidan mamnun. Futbolchi va madridliklar bosh murabbiyi o'rtasida juda iliq munosabatlar shakllangan.

Shunga qaramay, futbolchi o'z kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. U ikki variantni ko'rib chiqmoqda: «Roma»ga o'tish yoki faoliyatini «Madrid»da davom ettirish.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!