⚡️ Marca: Aleksandr Syorlotning "Atletiko Madrid"dagi kelajagi SO'ROQ OSTIDA va har kuni ko'proq bahslarni keltirib chiqarmoqda.
Klub yanvar oyidagi ketishni NOQULAY deb hisoblamaydi va uni qo'yib yuborishga tayyor bo'lardi.
Uning klubdagi maqomi KESKIN O'ZGARGAN. Yozda muhokama qilinmaydigan narsa, endi yanvarda ko'rib chiqishga arziydigan variantga aylandi.
Agar u yanvarda ketsa, bu hujum chizig'iga yana bir transfer uchun eshikni ochadi.
Syorlotning shartnomasi 2028-yilgacha mo'ljallangan, shuning uchun yaqin transfer oynalari uni sotish uchun qulay vaqt bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" norvegiyalik futbolchiga yana qiziqish bildirmoqda. Turin klubi uning nomzodini yozda ham ko'rib chiqqan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!