Marca: "Barselona" ter Shtegendan voz kechmoqchi
Eredivisie ↗ ●●●●● Transfer 👁 15

Marca: "Barselona" ter Shtegendan voz kechmoqchi

🙂"Barselona" ter Shtegendan voz kechmoqchi, deya xabar bermoqda Marca.

Xansi Flik endilikda nemis darvozaboniga ishonch bildirmayapti, u ayni damda ijara asosida "Ayaks" safida to'p tepmoqda. Kataloniyaliklarning asosiy darvozaboni sifatida Joan Garsiya qoladi.

2027-yil yozida ter Shtegen "Barselona"ga qaytishi kerak, ammo uning yiliga deyarli 20 mln yevrolik maoshi sotuvni qiyinlashtirmoqda.

Klub futbolchining maoshining bir qismidan voz kechishi evaziga shartnomani muddatidan avval bekor qilishni muhokama qilmoqda. Shundan so'ng u erkin agent sifatida ketishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!