📻 Cope xabariga ko'ra, «El-Klasiko»da «Real»ning ikkinchi goli nishonlanayotgan vaqtda Eduardo Kamavingani bayroq bilan urgan «Barselona» muxlisining shaxsi aniqlandi.
Agar qoidabuzarlik jiddiy deb topilsa, unga 3 000 yevrodan 60 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin. Agar «o'ta og'ir qoidabuzarlik» deb malakalansa, jarima miqdori 60 000 yevrodan 650 000 yevrogacha yetishi mumkin. Shuningdek, ushbu kataloniyalik muxlisga sport tadbirlariga tashrif buyurish taqiqlanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!