Mourinyu: «Men «Leyptsig»ga qarshi o'yin uchun tarkibda rotatsiyani «Klasiko»ni o'ylab amalga oshirmadim. Shunchaki, bir xil futbolchilar ketma-ket to'rtta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishini istamayman.
O'z navbatida, bu yarim himoyaga tegishli. Doimiy ravishda bir xil uchlikni maydonga tushirish noto'g'ri qaror bo'lardi. Kamavinga va Bernardu bizga jismoniy kuch va sifat bag'ishlaydi, shu bois ular asosiy tarkibda chiqishadi.
Bugun zaxiramizda Endrik va Diomande bor. Zarurat tug'ilganda ular maydonga tushib, uchrashuv borishini o'zgartira olishadi. Braimga amaliyot kam berilayotganimi? Futbolchilarni tarkibdan tashqarida qoldirishga to'g'ri kelganda, qalbim qiynaladi. U o'ynashga loyiq, ammo bugun asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.
Gulerning pozitsiyasi? Arda chuqurroq tushib, uchinchi yarim himoyachi sifatida o'ynashi mumkin. Shuningdek, u chiziqlar orasida harakat qilib, o'ng qanotni Valverde yugurishlari uchun bo'shatib berishga qodir»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!