🖥 Archivo VAR «El-Klasiko»dagi asosiy bahsli vaziyatlarni tahlil qildi:
Kanselu — Diomande: Portugaliyalik futbolchi raqibining boldir qismiga shippaklari bilan tegdi, ammo kuchli bosimsiz, shunchaki yengil tegib o'tdi. To'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka uchun asos yo'q. Biroq hakam sariq kartochka ko'rsatmay, jiddiy xatoga yo'l qo'ydi;
Balde — Mbappe: To'p avval Mbappening oyog'iga, so'ngra Baldening bel qismiga tegdi va shundan keyingina qo'liga yengil urildi. Kontakt mutlaqo tasodifiy bo'lib, ikki futbolchi o'rtasidagi kurash natijasida yuz berdi. Penalti uchun asos yo'q;
Kamavinga — Rodri: Fransiyalik futbolchi raqibining butsasining ichki qismiga bosib oldi, to'g'ridan-to'g'ri to'piqqa emas. Bu yaqqol sariq kartochka, lekin qizil kartochka emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!