Real Madrid Verbruggen bilan qiziqmoqda
Jurnalist B. Fernandesning xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Brayton" darvozaboni Verbruggenning transferi borasida ish olib bormoqda.
📰 B. Fernandes (jurnalist): "Madrim"da "Brayton" darvozaboni Verbruggenning o'yinlari diqqat bilan kuzatilmoqda. U Kurtuaning potensial vorisi sifatida ko'rilmoqda".
Ta'kidlash joizki, 24 yoshli darvozabonning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028-yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali gollandiyalik posbonni 40 million yevroga baholamoqda.