#Noble Mendy — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

APL mustaqil hakamlik komissiyasi «Arsenal» va «Brayton» o'rtasidagi bahsda Kay Havertsga nisbatan penalti belgilanmaganini xato deb tan oldi.

🚨 RASMAN: «ARSENAL» TOZA PENALTIDAN MAHRUM ETILDI!

APL mustaqil hakamlik komissiyasi (KMI Panel) «Arsenal» hamda «Brayton» o'rtasidagi bahsning 42-daqiqasida Kay Havertsga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmaganini bir ovozdan xato deb tan oldi. Komissiyaning barcha besh a'zosi bosh hakam qaroriga va VAR aralashuvidan keyingi yakuniy xulosaga qarshi ovoz berdi. Haverts ofsayd holatida bo'lishiga qaramay, Nobe'l Mendi tomonidan sodir etilgan qoida buzilishi nemis futbolchisi o'yinga faol qo'shilishidan oldin yuz bergan.

IFAB qoidalariga ko'ra, bunday vaziyatda ofsayd emas, balki qoida buzilishi qayd etilishi kerak edi. Komissiya VAR aralashuvini asosli deb topdi, biroq takroriy lavhani ko'rgandan keyin hakam qabul qilgan yakuniy qarorni xato deb baholadi.

Hukm aniq: «Arsenal» penalti tepishi kerak edi.

«Liverpul» muxlislari, bu borada fikringiz qanday?

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.