RMTV boshlovchisi: «La Liga hakamlari va VAR tizimi ikkiyuzlamachilik qilmoqda»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 49

RMTV boshlovchisi: «La Liga hakamlari va VAR tizimi ikkiyuzlamachilik qilmoqda»

📺 RMTV boshlovchisi: «VAR bahsli vaziyatlarda qaysi holatlarda aralashishga qaror qilayotgani juda g'alati. Bugun VAR Vinisiusga sochidan tortgani uchun qizil kartochka ko'rsatishga aralashdi. Mayli.

Lekin nega Li Kan In Valverdega qattiq zarba berib, oyog'ini sindirib qo'shayozganida VAR aralashmadi?! Nega bir necha o'yin oldin [«Elche»ga qarshi o'yinda] raqib futbolchisi Xausenning yuziga ataylab tirsak bilan zarba berganida VAR aralashmadi?! Nega? Savol shunda. Nega?!

Vinisius qoidani buzganini tan olish mumkin, ammo muammo shundaki, aynan shu [bugungi] hakam ikki yil oldin Mbappega nisbatan qo'pol o'ynagan K. Romeroni maydondan chetlatmagan edi»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!