Real Madrid va hakamlik: Ispaniyalik jurnalistlarning fikrlari
AS gazetasi va jurnalist B. Fernandes "Real Madrid" va Ispaniya chempionatidagi hakamlik saviyasi haqida keskin fikrlar bildirishdi.
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari): "Ispaniya hakamlarining 90 foizi "Real Madrid"dan nafratlanadi.
"Madrid" "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng La Ligadagi imkoniyatlarini boy berdimi? Agar shunday bo'lsa, bu mavsum boshidagi yo'qotilgan ochkolar tufayli emas, balki bunday hakamlar bilan g'alaba qozonishning iloji yo'qligi uchun..."
📰 B. Fernandes (jurnalist): "Men "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamlarni ayblamoqchi emasman, chunki "Madrid" o'z darajasiga mos o'yin ko'rsatmadi.
Ammo Primyeraning deyarli har bir turida jahon miqyosidagi mojarolar yuz berayotgani meni charchata boshladi. Bu kechirib bo'lmas holat. [Madrid derbisi bosh hakami] Ortis Aryas boshqa La Liga o'yinlarini boshqarmasligi kerak"