OAV: Diomande Vinisius o'rnini egallashi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 24

OAV: Diomande Vinisius o'rnini egallashi mumkin

📰 B. Fernandes (jurnalist): "Vinisiusda jiddiy muammolar bor: agar hali bajarmagan bo'lsa, Diomande "Madrid" asosiy tarkibidagi joy uchun raqobatda uni yutib chiqishi mumkin. Ivoriyalik futbolchi fenomenal formada — uni to'xtatib bo'lmaydi.

Mening so'zlarimdan xafa bo'layotganlarga: bu Vinisiusga qilingan shaxsiy hujum emas. Ammo haqiqatga tik qarash kerak: ayni damda Diomande butunlay boshqa darajada. Vinisiusga esa achinaman".

📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Hozir Diomandening "Madrid" o'yiniga qo'shayotgan hissasini Vinisius ko'rsatayotgan o'yin bilan solishtirishning o'zi kifoya va farq juda katta bo'ladi. Biri maydonda tinimsiz mehnat qilmoqda, ajoyib gollar urmoqda, raqiblarini birga-bir vaziyatlarda dog'da qoldirmoqda va kundan-kunga kuchayib bormoqda, ikkinchisi esa o'zining shunchaki xira soyasiga aylangan".

📰 R. Martin (AS jurnalisti): "Diomande Vinisiusni butunlay soyada qoldirmoqda".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!