Florentino Peresning bugungi matbuot anjumanidagi qolgan bayonotlari:
⚪️ Moliyaviy natijalar haqida:
Bizning moliyaviy ko'rsatkichlarimiz yana bir bor ajoyib darajada bo'ldi. Operatsion daromad — 1,221 mlrd yevro. Soliqlardan keyingi sof foyda — 26 mln yevro. Biz klub tarixidagi rekord daromadga erishdik va sport rivojlanishi hamda «Bernabeu»ni modernizatsiya qilishga investitsiya kiritishda davom etmoqdamiz.
🥶 Hindistondagi bepul translyatsiyalar haqida:
Kelasi mavsumdan boshlab eng yaxshi o'yinlar Hindistonda maxsus platforma orqali bepul tomosha qilish uchun ochiq bo'ladi. Mumbaylik 15 yoshli o'smirni tasavvur qiling, u noqonuniy saytlarga murojaat qilmasdan sifatli translyatsiyalarni ko'ra oladi. Biz futbolni millionlab yosh muxlislar uchun yanada qulayroq qilishni istaymiz.
⚪️ Superliga va UEFA haqida:
Bizning maqsadimiz shunchaki sud qarorlarini olish emas, balki ularni amalda tatbiq etish edi. Biz UEFA va Yevropa klublari vakillari bilan kelishuvga erishdik. Bu zaiflik emas, balki sog'lom fikr natijasidir. Nasser Al-Xelayfi va «Chelsi» egasiga pozitsiyalarni yaqinlashtirishdagi rollari uchun minnatdorman. Shuningdek, futbol rivoji yo'lida Yevropa klub tashkilotlari bilan hamkorlikni tiklash niyatidamiz.
⚪️ Muxlislar uchun yangi loyiha haqida:
Butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar «Real Madrid»ni qo'llab-quvvatlaydi, ammo klubda ularning har biri bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa hali mavjud emas. Biz muxlislarimizni yaxshiroq bilish va ularga eksklyuziv imtiyozlar taqdim etish imkonini beruvchi global dasturni ishlab chiqmoqdamiz. U aviakompaniyalarning sodiqlik dasturlariga o'xshash ball yig'ish tizimini o'z ichiga oladi.
⚪️ Jamoa va Joze Mourinyu haqida:
Sportda har bir o'yinda g'alabani kafolatlash imkonsiz. Biz xatolarni tahlil qilishimiz va muvaffaqiyatsizliklarga to'g'ri munosabat bildirishimiz kerak. Shu bilan birga, so'nggi yillar «Real» tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan biri bo'lganini unutmaslik kerak. Biz yana g'ayrat va motivatsiyaga to'lamiz. Bizda Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoa bor va biz sovrinlar uchun kurashishda davom etamiz.
⚪️ Klub rivoji haqida:
Biz basketbol, ayollar futboli va dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblaydigan yoshlar akademiyasini rivojlantirishda davom etamiz. Shu bilan birga, «Santyago Bernabeu»ni modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Bu shunchaki stadion emas, balki tariximiz ramzi va jahon miqyosidagi tadbirlar uchun maydon hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!