Florentino Peres: «Real Madrid» sotilmaydi
Real Madrid CF ↗ ●●●●● Matbuot 👁 11

Florentino Peres: «Real Madrid» sotilmaydi

🗣️ Florentino Peres «Real»ni sotish ehtimoli haqida:

«Real Madrid» sotilmaydi. Biz hech qachon klubni sotish uchun baholamaganmiz va uni hech qachon sotmaymiz.

Men bu yerga kelganimda, moliyaviy ahvol ayanchli edi. Futbolchilarga maosh to'lash uchun o'z mulkimni garovga qo'yishimga to'g'ri kelgan.

Biz «Real»ni dunyodagi eng boy klublardan biriga aylantirdik va uning mustaqilligini ta'minladik.

Bizning maqsadimiz — klubni uning a'zolari qo'lida saqlab qolish va kelajagini himoya qilish.

«Real Madrid» a'zolari — shunchaki egalar emas, balki uning tarixi posbonlaridir.

Ba'zilar klub a'zolarining qarindoshlariga avtomatik tarzda a'zolik berishni taklif qilishdi. Bu ularning sonini 300–400 mingga ko'paytirib, amaldagi a'zolarni ozchilikka aylantirib qo'ygan bo'lardi.

Biz ularning huquqlari zaiflashishiga yo'l qo'ymaymiz. Barcha islohotlar klub aktivlarini himoya qilish va «Real»ning mustaqilligini saqlab qolishga qaratilgan.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!