#Davor Shuker — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

Davor Shuker "Real Madrid", Kilian Mbappe, Joze Mourinyu, Vinisius Junior va Luka Modrich haqida fikr bildirdi.

Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

"Slivichnilar"ning sobiq hujumchisi bilan intervyudan parchalar

"Mourinyu o'z nomini "Madrid" tarixiga yana bir bor yozdirib qo'yishi mumkin. Agar futbolchilar uni qo'llab-quvvatlasa, u buni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatga ega va men bunga aminman. Mourinyuning tajribasi va klub tarixini hisobga olgan holda, jamoa La Liga chempionlik unvonini qo'lga kiritishga qodir deb ishonaman".
"Mbappe — tug'ma to'purar. U gol urishi uchun raqib darvozasi oldida bitta xavfli vaziyatning o'zi kifoya. Balki u joriy mavsumdayoq UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqar, balki yo'q. Ammo ishonchim komilki, yaqin uch yil ichida u albatta UEFA Chempionlar ligasi g'olibiga aylanadi".
"Vinisiusmi? Hozircha u haqida gapirmaganim ma'qul, aks holda intervyuni buzib qo'yaman (kuladi). Menga yoqmaydigan narsalar bor. "Real Madrid" har qanday o'yinchidan muhimroq. Keling, bu mavzuni boshqa safarga qoldiramiz. Vinisiusga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va u "Madrid"da muhim rol o'ynashda davom etishiga umid qilaman".
"Modrichning kelajagi? Peres Luka bilan hisoblashmoqda. Klub unga qandaydir lavozim taklif qilishi kerak. Ishonchim komilki, Modrich "Madrid"da rahbarlik lavozimida o'zini a'lo darajada ko'rsata olardi.

Shekilli, kelajakda Modrichga "Madrid"da qanday rol ajratilishini bilaman, lekin tafsilotlarni oshkor qilishni istamayman".

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.