Espi: «Santyago Bernabeu»da muxlislar ismimni hayqirib aytishganda, ta’riflab bo‘lmas tuyg‘ularni his qilaman. Bundan etim jimirlab ketadi.
«Bernabeu»da g‘alaba golini urishmi? Bu men orzu qilgan kun edi. Bu lahza aynan shu yerda, o‘z stadionimizda, «Madrid» muxlislari qarshisida yuz berishini juda istagandim. Bu kunni qancha tasavvur qilganman. Juda baxtliman. Muxlislar meni qanchalik yaxshi ko‘rishini so‘z bilan ta’riflash qiyin. «Madrid» uchun borimni beraman.
Ilgari bunday kunlarni faqat orzu qilardim. «Madrid»da 24 nafar futbolchi bor va har birimiz o‘z rolimiz hamda o‘yin amaliyotimizdan qat’i nazar, jamoa uchun bor kuchimizni berishga maksimal darajada motivatsiyalanganmiz. Biz hammamiz birlashganmiz. Golni nishonlash vaqtida butun jamoa meni «kaltakladi».
Nega doim «Madrid»ning remontadalariga aloqador bo‘lib qolaman? Men shunchaki Mourinyu aytgan ishni qilyapman.
Mourinyu qo‘l ostida ketma-ket to‘qqizta g‘alaba? Bu jamoa uchun ulkan turtki. «Selta»ga qarshi o‘yin oson kechmadi, lekin biz g‘alaba qozona oldik. Endi to‘xtab qolishga haqqimiz yo‘q. Seshanba kuni bizni Chempionlar ligasida yana bir jang kutib turibdi — PSVga qarshi, «Madrid»ning barcha muxlislari bilan birgalikda.
«Madrid» muxlislari shunchaki aqlbovar qilmas darajada! Bugun ular bizni birinchi daqiqadanoq qo‘llab-quvvatlashdi va tom ma’noda oldinga chorlashdi. «Bernabeu» bizning qo‘rg‘onimiz bo‘lishi kerak. O‘z uyimizda ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q.
O‘yindan keyin Nadal bilan uchrashib qoldim va u menga o‘zi bilan faxrlanishini aytdi. Nadal kabi afsona menga shunday so‘zlarni aytganda, o‘zimni nihoyatda baxtli his qilaman»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!