Wesley Sneijder: «Inter»ga o'tishimda Mourinyuning roli katta bo'lgan»
Wesley Sneijder «Inter»ga o'tishi va Jose Mourinyu bilan bo'lgan ilk suhbati haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Wesley Sneijder o'zining «Inter»ga o'tishi va Jose Mourinyu bilan bo'lgan suhbati haqida so'zlab berdi:
«Men «Inter» bilan shartnoma imzoladim, ertasi kuni esa derbida «Milan»ga qarshi o'yin bo'lishi kerak edi.
Biz Mourinyu bilan quchoqlashdik, men unga ertangi o'yinda omad tiladim va: «Keyingi mashg'ulotlarda ko'rishamiz», dedim.
U esa: «Qanaqasiga? Yo'q, sen qolasan», deb javob berdi.
Men e'tiroz bildirdim: «Qolamanmi? Axir men jamoa bilan biror marta ham mashg'ulot o'tkazmadim-ku».
U esa shunday dedi: «Buning ahamiyati yo'q. Nima uchun seni sotib olganimizni bilaman: sen bizga yetishmayotgan o'sha elementning o'zisan. Men o'yinni sensiz boshlay olmayman».
O'sha lahzadan boshlab «Inter»dagi faoliyatim yuqoriga qarab ketdi. Biz «Milan»ni 4:0 hisobida tor-mor etdik».