Real Madrid Vinisiusning diskvalifikatsiyasi bo'yicha apellyatsiya berdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 28

Real Madrid Vinisiusning diskvalifikatsiyasi bo'yicha apellyatsiya berdi

📺 RMTV boshlovchisi: "Vinisiusning La Ligadagi 4 o'yinlik diskvalifikatsiyasi? Bu allaqachon barcha chegaralardan chiqib ketmoqda... Futbolchilar Chempionlar ligasida Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatishganda, ular tegishli tartibda jazolanadi, ammo Primerada bunday emas. Chempionlar ligasida hech qanday tarafkashlik yo'q.

Ispan hakamlari "Madrid"ning Chempionlar ligasidagi o'yinlarini boshqarishi qoluvdi, xolos... Bu dahshatli bo'lardi. "Barselona" futbolchisi bilan La Ligada shunday holat yuz berishini tasavvur ham qila olmayman.

Bundan tashqari, "Madrid" o'yinini tanqid qiluvchi ko'plab ispan OAVlari janob Tebasdan subsidiyalar oladi. Va bularning barchasi bilan "Madrid" Primerada kurashishga majbur..."

📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid" allaqachon Vinisiusning La Ligadagi 4 o'yinlik diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya berdi. Vingerning chetlatish muddati bir o'yinga qisqartirilishi mumkin.

📻 Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Vinisius uchun 4 o'yinlik diskvalifikatsiya — bu, mening nazarimda, oshirib yuborilgan".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!