📻 Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid" Bellingem bilan shartnomani 2031 yoki 2032-yilgacha uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Slivochniye" yarim himoyachi bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga intilmoqda. Maqsad — uning maoshini yiliga taxminan 20 million yevroga yetkazish va o'yinchi amaldagi shartnomaning so'nggi yiliga yangi kelishuvsiz kirib qolishining oldini olish.
Bellingem "Real Madrid"ga o'tguniga qadar tuzilgan reklama shartnomalaridan, jumladan Adidas bilan kelishuvdan tushadigan daromadlarning 100 foizini o'zida saqlab qolgan. Shu bilan birga, 23 yoshli britaniyalik futbolchi yangi homiylik kelishuvlaridan tushadigan daromadlarni klub bilan oldindan kelishilgan nisbatda bo'lishadi [OAV ma'lumotlariga ko'ra, u 50 foizdan ko'proq ulush oladi].
Bellingemning marketing jozibadorligi "Madrid" imiji bilan birgalikda unga jahon futbolining asosiy yulduzlaridan biriga aylanish imkonini bermoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!