Freysha: «Mourinyuning «Real»ga qaytishi haqidagi gaplar o'rinsiz»
«Barselona» prezidentligiga sobiq nomzod Freysha Joze Mourinyuning «Real Madrid»ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Barselona» prezidentligiga sobiq nomzod Freysha Joze Mourinyuning «Real Madrid»ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Mourinyuning «Real Madrid»ga qaytishi? Hozircha u hech kimning ko'ziga barmog'i bilan tegib o'tirmadi [birinchi marta «Madrid»da ishlaganida Vilanovaning ko'ziga tekkizganini nazarda tutmoqda]...
Shu bilan birga, Mourinyu «Madrid»ga qaytganidan so'ng darhol «Negreyra ishi» haqida gapira boshladi. O'ylashimcha, bu haqda gapirish zarurati hatto uning shartnomasida ham yozib qo'yilgan bo'lsa kerak.