Freysha ("Barselona" prezidentligiga sobiq nomzod): "Barselona" "Klasiko" arafasida "Madrid"dan ancha ustun. "Barselona" maydonda ko'rsatayotgan o'yin bilan "Madrid" namoyish etayotgan o'yin o'rtasida katta farq bor. Biz "Madrid"ga qarshi o'yinni katta intizorlik bilan kutmoqdamiz, ayniqsa bu klub "Barselona" bilan qilayotgan ishlarni hisobga olsak".
📻 Lama (Cope jurnalisti): "Mourinyu "Barselona"ni yuqori pressing bilan bosim ostida qoldirib bo'lmasligini tushunadi. Qolaversa, u o'z futbol prinsiplarini bir kunda qanday o'zgartirishi mumkin?!"
📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid" "Klasiko"da g'alaba qozonishi shart. Jamoada buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud".
📻 Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Agar "Madrid" "Barselona"ga mag'lub bo'lsa, jamoa La Liga chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini yo'qotadi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!