Santy Kanisares: "Real Madrid"dagi muammolar o'zgarishsiz qolmoqda"
Santy Kanisares va Serrano "Real Madrid"dagi muammolar hamda Vinisius Juniorning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
S. Kanisares (sobiq "Madrid" darvozaboni): "Mourinyu va "Madrid" muxlislari bosh hakam jamoaga "Atletiko"ni mag'lub etishga yordam bermaganida haq ekanliklari borasida to'g'ri gapirishmoqda.
Ammo g'alaba qozonilgan taqdirda ham "Madrid" uchun nima o'zgarardi?! Jamoada avvaldan ko'rinib turgan o'sha muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Yozgi transferlar oynasida klub avvalgidek xatolarga yo'l qo'ydi.
Diomande — yaxshi futbolchi. Shunchaki uning uchun asl qiymatidan ikki barobar ko'p [140 mln yevro] to'lashdi. "Madrid" Vinisiusga bosim o'tkazish va uni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun shuncha mablag' sarflashga majbur bo'ldi.
Ammo hozir, ayniqsa sardorlik bog'ichi hisobga olinsa, Vinisius "Madrid"ga foydadan ko'ra ko'proq zarar keltirmoqda. Tarkibda himoyada ishlamaydigan bitta o'yinchini [masalan, Mbappe] saqlab qolish mumkin, lekin ikkitasi — allaqachon imkonsiz. Agar bunday o'yinchilar uchta bo'lsa — bu umuman daxshat".
Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Vinisiusni bir o'yinga zaxiraga o'tkazish mumkin. Ammo u muntazam ravishda zaxirada qola olmaydi, chunki bunday holda "Madrid" uni yanvar oyidayoq sotishga majbur bo'ladi. Yo Vinisius o'ynaydi, yo uni sotish kerak bo'ladi.Qanday bo'lmasin, menimcha, Vinisius bilan shartnomani uzaytirish shunchaki shoshilinch emas, balki xato qaror bo'lgan. Agar "Madrid" bu mavsumda yana yirik sovrinlarni qo'lga kirita olmasa, jamoaning uchta asosiy yulduzidan biri klubni tark etishi kerak bo'ladi. Va mening nazarimda, bunday holda aynan Vinisius ketishi kerak".
Nachu: "Vinisiusga u loyiq bo'lganidek munosabatda bo'lishmayapti. Men uni shaxsan taniyman — u doimo hammadan ko'proq mehnat qiladi"