Mourinho Endrikning maydondagi o'rni haqida fikr bildirdi
Mourinyu Endrikni sof hujumchi emas, balki hujumkor yarim himoyachi sifatida ko'radi. Peres esa futbolchining kelajagiga ishonch bildirmoqda.
📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyu Endrikni sof hujumchi emas, balki ko'proq hujumkor yarim himoyachi sifatida ko'radi. Shu bois, «Madrid» ustozi 20 yoshli braziliyalik futbolchi Espi bilan bir vaqtda maydonda harakat qila olishiga ishonadi.
Endrikning «Roma»ga qarshi o'yindagi ijrosiga kelsak, «qaymoqranglilar» o'tgan uchrashuv futbolchi faoliyatida burilish nuqtasi bo'lishi mumkin deb hisoblashmoqda.
📝 Rodra (ESPN muxbiri): «Mourinyu yaqin o'yinlarda Endrikka ko'proq amaliyot berishni rejalashtirmoqda. Peres esa hujumchiga alohida xayrixohlik bilan qaraydi va u uzoq muddatli istiqbolda «Madrid»da muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi».