Gerry Cardinale «Milan»ga 50 million yevro sarmoya kiritdi
Gerry Cardinale «Milan» kapitalini 50 million yevroga oshirdi. Klub yanvar oyida yangi transferlarni amalga oshirishi va stadion loyihasini taqdim etishi mumkin.
Gerry Cardinale «Milan»ga 50 million yevro sarmoya kiritdi va yana sarmoya kiritishga tayyor! 🔴⚫
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «rossoneri» egasi klub kapitalini 50 million yevroga oshirdi va yaqin oylarda qo'shimcha moliyalashtirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
📊 Asosiy raqamlar:
24 million yevro — 2025/26 moliyaviy yili uchun zarar;
160 million yevro — sotuvlarni hisobga olmaganda yozgi transfer xarajatlari;
145 million yevro — «Milan»ning sof moliyaviy qarzi;
176 million yevro — klubning o'z kapitali.
Yanvar oyiga «Sporting»dan Gonsalu Inasiu va «Real»dan Endrik nomzodlari ko'rib chiqilmoqda. 29 oktyabr kuni esa yangi «San-Siro» stadionining ilk vizualizatsiyasi taqdim etilishi kerak, uning ochilishi 2031 yilga rejalashtirilgan.