Aleks Skott yanvar oyida sotuvga qo'yilishi mumkin
"Bornmut" yarim himoyachi Aleks Skottni yanvar oyida sotishga tayyor. "Chelsi" va "Liverpul" futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
"Bornmut" Aleks Skottni yanvar oyida sotishga tayyor!
Klub yarim himoyachiga nisbatan "sotilmaydi" degan yorliqni olib tashlashga qaror qildi, ammo uni faqat ma'lum shartlar asosida qo'yib yuborishadi.
"Chelsi" va "Liverpul" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Londonliklar yozdayoq Skott lageridan rozilik olishgan.
"Bornmut", Kinsella so'zlariga ko'ra, 100 million funtdan ko'proq mablag' talab qilmoqda.