Fabrisio Romano xabariga ko'ra, transferlar borasida quyidagi ma'lumotlar mavjud:
🛑 Endrik haqida
«Liverpul» braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo rasmiy taklifgacha yetib bormagan. Shu bilan birga, klub bir paytlar Endrikni to'liq sotib olish imkoniyatini ham ko'rib chiqqan.
Ammo «Real» ham ijara, ham to'liq transfer uchun eshikni yopib qo'ydi. O'yinchiga yaqinlashishning imkoni yo'q edi.
🛑 Aleks Skott haqida
«Chelsi» yozda uni tarkibga qo'shib olish uchun ikki marta urinib ko'rdi: rasmiy aloqa va rasmiy taklif bo'lgan. Ikkala holatda ham «Bornmut» rad javobini berdi.
«Bornmut» umuman Aleks Skottni sotishni istamadi.
Xuddi shunday javobni «Arsenal» ham olgan. «Liverpul» tomonidan ham qo'ng'iroqlar bo'lgan, boshqa klublar ham qiziqish bildirgan.
2028 yilda (izoh – Romano adashganmi yoki gap haqiqatan ham bir yildan keyin bo'ladigan holat haqida ketyaptimi, noma'lum) vaziyat o'zgarishi mumkin.
«Liverpul» o'yinchini juda yaxshi biladi va yozda klub uning vakillari bilan bog'langan, biroq rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!