Eshli Yang Antonio Kontening mashg'ulotlardagi g'alati usullari haqida gapirdi
Eshli Yang Antonio Kontening «Inter»dagi mashg'ulot jarayonlari va futbolchilarni sinash uchun qo'llagan g'alati usullari haqida so'zlab berdi.
Eshli Yang Antonio Kontening «Inter»dagi ish uslubi haqida esladi:
Eshli Yang: «Ba'zida mashg'ulot bazasiga ertalab soat 9 da kelardik. Nonushtadan so'ng, taxminan 10 larda, maydonga chiqib, 11 da mashg'ulotni boshlashimiz kerak edi. Shuning uchun barcha yigitlar tayyorgarlik ko'rishardi. Keyin soat 10:45 lar atrofida bo'lardik va o'zaro: «Yaxshi, chiqishga tayyormiz», derdik.
O'shanda asosiy jamoa murabbiylaridan biridan: «Mister tayyormi?», deb so'rardik, u esa: «Yo'q, hali tayyor emas», deb javob berardi. Keyin jamoa menejerini uning oldiga yuborardik. U qaytib kelib: «Xo'sh, murabbiy tushlikka soat 12 da borishi kerakligini aytdi. Xonalaringga borib dam olinglar — soat 14:00 da shug'ullanamiz», derdi. Barcha futbolchilar bir-biriga qarab: «Axir biz ertalab to'qqizdan beri shu yerdamiz-ku. Nega?», deb so'rashardi.
Bu uning bizni sinash usullaridan biri edi — kimdir uning eshigini taqillatib kirishini yoki kimdir munosabat bildirishini ko'rmoqchi bo'lardi. Jamoada uzoq vaqtdan beri bo'lgan, tajribali futbolchilar ko'p edi va ular o'z fikrlarini unga ochiq aytishni xohlashardi. Oxir-oqibat ular shunday qilishdi ham».