Eshli Yang: «Inter»ning jismoniy tayyorgarligi «Atalanta»ni hayratda qoldirgan
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 8

Eshli Yang: «Inter»ning jismoniy tayyorgarligi «Atalanta»ni hayratda qoldirgan

Eshli Yang «Inter» va «Atalanta» o'rtasidagi o'yin xotiralari bilan o'rtoqlashdi:

«Bir safar biz «Atalanta» maydonida mehmon bo'lganmiz. O'sha o'yinda gol urganimizni eslayman, ikkinchi bo'limda esa ulardan ancha kuchliroq ko'ringandik. O'yindan so'ng ularning ayrim futbolchilari bilan gaplashganimda, ular: «Sizlarning jismoniy tayyorgarlik darajangiz umuman boshqacha», deyishgandi. «Atalanta» ustozi Gasperini esa o'z shogirdlari biznikidan ko'ra jismonan yaxshiroq tayyorlangan deb hisoblardi. Keyin, o'yindan so'ng u Konte oldiga kelib: «Mashg'ulotlarda nima qilayotganingizni bilmayman, lekin sizlar jismonan ancha ustunsizlar», degan. Vaholanki, «Atalanta» aynan yuqori jismoniy tayyorgarligi bilan nom qozongan edi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!