Arsenal Eduardo Delmasga qiziqish bildirmoqda
Jurnalist Anxel Elian xabariga ko'ra, «Arsenal» «Olimpiya» futbolchisi Eduardo Delmasni kuzatmoqda. O'yinchi agenti qiziqish borligini tasdiqladi.
«Arsenal» Eduardo Delmasni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
Jurnalist Anxel Elian ma'lumotiga ko'ra, Delmas tarixiy gol urgan so'nggi superklasiko vaqtida tribunada «Arsenal» skauti hozir bo'lgan. Uning yagona vazifasi «Olimpiya» futbolchisini kuzatishdan iborat edi.
Angliya Premyer-ligasi futbolchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan yo'nalishlardan biri bo'lishi mumkin. Futbolchining otasi va agenti Janni Delmas o'g'lini skautlar kuzatib borayotgani va bir nechta klub unga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.