Dejan Kulusevski yozgi tiklanish jarayonida tizzasini operatsiya qilishdan (bu yana 18 oy futbolsiz qolishni anglatardi) voz kechganini aytib o'tdi:
Butun yoz davomida boshqa shifokorlar bilan yana bir operatsiya haqida gaplashdim. Bu tizza ko'chirib o'tkazish operatsiyasi bo'lardi — men o'z tizzamni boshqasinikiga almashtirardim.
Men rad etdim. Agar o'ynash og'riqli bo'lsa, og'riqqa chidab bo'lsa ham o'ynayman.
Ko'pchilik ishonmadi, ko'pchilik shubhalandi. Hatto klubda ham. Shu vaqt ichida odamlardan ko'nglim qoldi, lekin baribir hammani kechirishim kerak.
Ba'zida sizga ko'proq yordam berishlarini xohlaysiz. Lekin biz hammamiz biznesning bir qismi ekanligimizni tushunaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!