Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Arsenal — yangiliklari Matbuot

Arsenal va bog'liq yangiliklar

Gabriel Jezus «Barselona»ga o'tishi haqida gapirdi

Gabriel Jezus «Barselona»ga o'tishi haqida gapirdi

Gabriel Jezus «Barselona»ga o'tishi va bu boradagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🎙️ Gabriel Jezus «Barselona»ga qanday o'tgani haqida gapirib berdi:

«Mening xayolimda yo shartnomam oxirigacha «Arsenal»da qolish, yo Braziliyaga qaytish bor edi», — dedi Jezus «Barselona» rasmiy saytiga.
«Men «Barsa»da o'ynash imkoniyati qo'ldan boy berilgan deb o'ylagandim, ammo Xudo meni yana bir bor hayron qoldirdi».
Bakari Sanya «Inter»da o'ynashni istagani haqida gapirdi

Bakari Sanya «Inter»da o'ynashni istagani haqida gapirdi

«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Bakari Sanya «Inter»ga bo'lgan hurmati hamda bir vaqtlar klubga o'tishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.

«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Bakari Sanya:

«Men «Inter» safida to'p surishni istardim, bu buyuk klub. «Inter»ni hurmat qilaman, o'sha vaqtdagi egalar/prezident menga juda mehribon bo'lishgan. Men «Arsenal»ni tark etayotganimda, ular qiziqish bildirgan dastlabki klublardan biri edi. Muammo til to'sig'i va mening Premer-ligada qolish istagimda edi, u men uchun eng yaxshi chempionat bo'lib qolmoqda. Menga qora-ko'k libos yoqadi, «Inter»dagi hamma narsa menga manzur. Men — interistman».
Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto "Yuventus"ga qaytgani va jamoaning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Norberto Neto:

"Po-moyemu, qachonki yoshingiz 25 dan 30 gacha bo'lsa, faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylash qiyin. Sportdan ketish har doim qo'rqinchli. Men bu so'zdan juda qo'rqardim, chunki butun hayotim futbol bilan o'tgan.

Bir paytlar bu haqda o'ylab qoldim: o'zimni haqiqatan ham erkin va xotirjam his qilayotgandim. Keyin esa "Yuve" paydo bo'ldi va bu fikr vaqtincha chekindi. Hatto bir necha hafta oldin kelayotgan qo'ng'iroqlarga ham javob berishni istamagandim, chunki oilamning farovonligini birinchi o'ringa qo'ygandim.

Ayolim Turinni sevib qolgan — biz 10 yil oldin ham bu yerga birga kelganmiz. Hozir esa barchamiz qaytganimizdan behad xursandmiz. Endi faqat o'yindan zavq olish, o'zimni a'lo darajada his qilish va ushbu buyuk klub manfaati yo'lida astoydil mehnat qilish haqida o'ylayapman.

Ilgari mister (Spalletti) bilan ishlash nasib qilmagandi. Futbolda hamma bir-birini taniydi, har kimning o'z fikri bor. Dastlabki aloqalarimiz juda ijobiy o'tdi: to'g'ri qaror qabul qilganimga aminman.

"Yuve" Chempionlar ligasisiz? Bu futbol dinamikasi, vaziyatlar. Oxir-oqibat, faqat bugungi kunni o'ylab ishlash kerak. Bu yerdagi futbolchilar hamon juda kuchli, salohiyati yuqori va klass darajasi baland. Nazarimda, biz bir necha yil avval "Yuventus" taqdim etgan hislarni qaytarishga qodirmiz.

Vikario APLda haqiqatan ham ajoyib mavsumlarni o'tkazdi, men u bilan Angliyada, "Bornmut" va "Arsenal"da o'ynagan vaqtimda to'qnash kelganman. Bu eng yuqori darajadagi darvozabon. Umid qilamanki, biz bu yerda ko'plab ajoyib lahzalarni baham ko'ramiz: uning terma jamoa ixtiyoridan qaytishini kutyapman".

Viktor Dyokeresh "Arsenal"dagi kelajagi haqida gapirdi

Viktor Dyokeresh "Arsenal"dagi kelajagi haqida gapirdi

Viktor Dyokeresh "Arsenal"dagi kelajagi va klubdagi holati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Viktor Dyokeresh o'zining "Arsenal"dagi kelajagi haqida gapirdi:

Albatta, mish-mishlar ko'p bo'ldi. Ammo men to'liq mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazdim va bu ajoyib bo'ldi. Men butunlay "Arsenal"ga diqqatimni qaratgan edim. Men uchun qolish tabiiy hol edi. Men klubda juda baxtliman.

Bog'liq yangiliklar

Noni Madueke: sovrinlar hayotdagi eng muhim narsa emas

Noni Madueke: sovrinlar hayotdagi eng muhim narsa emas

Noni Madueke futbolchi hayotidagi sovrinlar va dunyoviy boyliklarning asl ahamiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Noni Madueke: sovrinlar hayotdagi eng muhim narsa emas. Bu shunchaki dunyoviy narsalar.

Agar men bunga qanday qarashim haqida gapiradigan bo'lsam, shuni tushunaman: bir kuni butsalarni mixga ilaman. Va barcha bu sovrinlar... Hozir ular biz uchun juda ko'p narsani anglatadi, biz intilayotgan narsa shu. Lekin ayni paytda tushunaman-ki, yakunda bularning barchasi hech narsani anglatmaydi. Shuning uchun narsalarga aynan shunday qarashga harakat qilaman.
Mana shu, birodar, asl mohiyat nimada ekanligini anglatadi. Agar bu yerdagi maqsadingiz haqida gapiradigan bo'lsak, barcha bu sovrinlar, mukofotlar, pullar va qolgan hamma narsa... odamlar quvayotgan barcha dunyoviy narsalar...
Men ishonamanki, yo'lingiz oxirida, birodar, siz Yaratganingiz bilan uchrashasiz. Va U sizdan: "Mening Shohligim uchun nima qilding?" deb so'raydi. U axir: "Necha marta o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lding?" deb so'ramaydi-ku. U: "Men senga gapirganimda, Meni eshitdingmi? Mening Shohligim uchun yaxshi o'rnak bo'ldingmi?" deb so'raydi. Tushunyapsizmi? Shuning uchun men avvalo bularning barchasidan yuqoriroq narsaga qarashga harakat qilaman...