Mikel Arteta Jorjinyoni «Arsenal»ga olib kelish uchun uch marta urinib ko'rgan.
Jorjinyo: «Hammasi juda tez sodir bo'ldi. «Chelsi» shartnomamni uzaytirmasligini va muddati tugab borayotganini bilardim. Arteta meni ikki marta o'z jamoasiga olmoqchi bo'lgan. Birinchisi — men «Napoli»da o'ynab yurganimda, u esa «Manchester Siti»da ishlayotganida. Ikkinchisi — men «Chelsi»da to'p surayotganimda.
Shu sababli, uchinchi imkoniyat paydo bo'lganda, o'zimga: «Xudo uchlikni yaxshi ko'radi!» deb aytdim. Arteta menga: «Endi aniq, nima bo'lsa ham!» dedi. «Arsenal» yaxshi holatda ekanini, klubda qiziqarli loyiha va menga yoqadigan o'yin uslubi borligini ko'rib turardim. Qolaversa, bu futbol mening sifatlarim va imkoniyatlarimga mos kelardi.
Shu bois: «Nega endi yo'q? Yangi narsani sinab ko'radigan vaqt keldi», deb o'yladim. Men uchun bu haqiqatan ham jozibali loyiha edi. Rostini aytsam, u yerda ajoyib vaqt o'tkazdim. Ammo, afsuski, biz ko'p sovrin yuta olmadik. Balki, bu faoliyatimga nazar tashlaganimda afsuslanadigan narsalarimdan biri bo'lib qolar. Menga ko'rsatilgan shuncha mehr evaziga ularga munosib javob qaytara olmadim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!