Maurisio Pochettino «Manchester United»dagi yangi chaqiruv haqida:
Biz juda katta ishtiyoqdamiz. Oldinda jiddiy sinov turibdi, ammo bizga aynan shunday his-tuyg'ular va adrenalin kerak. Bu butunlay yangi missiya, biroq bizda buning uddasidan chiqish uchun yetarlicha tajriba bor.
Biz «Manchester United»ning hozirgi holati klub darajasiga mos emasligini juda yaxshi tushunamiz. Bu klubning aqlbovar qilmas muxlislari va butun dunyo bo'ylab ulkan qo'llab-quvvatlashi bor. AQSH ko'chalarida uchratgan o'n kishidan to'qqiz nafari «Yunayted»ni qo'llab-quvvatlaydi.
O'zining futbol falsafasi haqida:
Futbol ko'ringanidan ko'ra ancha murakkabroq. Muhimi, shunchaki ko'p yugurish emas, balki buni to'g'ri, aniq maqsad bilan bajarishdir. Jamoa yagona mexanizm kabi harakatlanishi, bir-birini tushunishi va shundan keyingina o'z o'yinini namoyish etishi kerak.
Futbolchilar maydondagi vazifalarini aniq anglashlari va o'z iqtidorlarini ochib berishdan qo'rqmasliklari lozim. Psixologiya ulkan rol o'ynaydi. Bizning vazifamiz — o'yinchilarning boshini ortiqcha o'ylardan xalos qilish va ularning bo'layotgan voqealarga munosabatini o'zgartirishdir.
Qachonki futbolchi: «Men yugura olmayman», desa, biz uni aksiga ishontirishimiz kerak. Yo'q, sen qila olasan.
Futbol — bu faqat jismoniy tayyorgarlik emas. Bu ishga bo'lgan munosabat, o'zaro tushunish, hissiyotlar, kommunikatsiya va o'yinchilar o'rtasidagi hamkorlikdir.
Jamoani faqatgina u o'yin davomida qancha yugurgani bilan baholab bo'lmaydi. Statistika vaziyatning faqat bir qismini ko'rsatadi. Asosiysi — yechim topish va natijaga erishish uchun barcha elementlarni to'g'ri birlashtirishdir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!