🎙️ Viktor Dyokeresh — o'z manziliga aytilayotgan tanqidlar haqida:
«Agar tanqidlar ko'p bo'lsa va siz ularni o'qisangiz, tabiiyki, bu sizga ta'sir qiladi. Lekin men buni qilmayman. Yaxshi o'ynaganingizda sizni maqtashadi, hujumchi sifatida gol urmay qolganingizda va kutilganidek o'ynamaganingizda esa tanqid qilishadi. Barcha futbolchilar bilan shunday bo'ladi. Ko'tarilishlar va pasayishlar bo'lib turadi — bu normal holat»
🎙️ Viktor Dyokeresh — «Arsenal»da o'z o'yinini kuchaytirishi kerakligi haqida:
«Albatta, men yaxshiroq o'ynashim kerak va buni o'zim ham xohlayman, shuning uchun bu yerda hech qanday muammo yo'q. Mikel Arteta bilan yaxshi munosabatdaman va u bilan aloqamiz joyida. Men shunchaki har safar imkoniyat berilganda borimni berishga va gollar urishga harakat qilyapman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!