Zlatan Ibragimovich Viktor Dyokereshni himoya qildi:
Dyokeresh — dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Uni "Arsenal"da yetarlicha gol urmayotgani uchun tanqid qilishsa, kulgim keladi. Agar u gol urmayotgan bo'lsa, o'zingizdan so'rang: unga vaziyat yaratib berishyaptimi? U o'tgan mavsum "Arsenal"ga o'tdi, ularga 22 yil ichida ilk chempionlik unvonini yutishda yordam berdi va 20 dan ortiq gol urdi. Haqiqiy hujumchilar shunday qilishadi.
Hujumchi hamma narsani o'zi yarata olmaydi. Unga imkoniyatlar yaratib berish kerak. Agar "Arsenal" vaziyatlar yaratsa-yu, u ulardan foydalana olmasa, tanqidni tushungan bo'lardim. Lekin men buni ko'rmayapman.
Uni Shvetsiya terma jamoasi tarkibida kuzating. Ular vaziyatlar yaratishadi, u esa gol uradi. Bizning Jahon chempionatiga chiqishimizning asosiy sabablaridan biri aynan u.
Men uchun u doim jahon darajasidagi hujumchi bo'lib qoladi. Unga imkoniyat bering. Shunda u gol uradi. Hammasi oddiy.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!