Arsenal darvozaboni David Raya 2026-yilgi FIFPRO ramziy terma jamoasidan joy oldi. Gabriel Magalyayns, Uilyam Saliba va Deklan Rays yakuniy tarkibga kirmadi.
David Raya futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, 2026-yilgi FIFPRO dunyo ramziy terma jamoasiga kiritildi!
Gabriel Magalyayns, Uilyam Saliba va Deklan Rays dastlabki 26 nafar nomzod ro'yxatida bor edi, ammo yakuniy tarkibga kiritilmadi 🤔
Mikel Arteta "Tottenxem" bilan o'yin oldidan futbolchilarni qanday hayratda qoldirgani haqida qiziqarli voqea.
Kreativlik Arteta tomonidan: murabbiy o'zining o'yinchilarni nigohi va tana tili orqali o'qiy olish qobiliyatiga ularni ishontirdi 🍷
2022-yil oktyabr oyida "Tottenxem"ga qarshi derbi oldidan Arteta futbolchilarga ulardan birining butsisiga kichik bir buyum yashirishni taklif qildi. Murabbiy kimda ekanligini topishi kerak edi. Buning uchun Mikel o'yinchilarning yuzlarini diqqat bilan o'rgandi, ko'zlariga qaradi va hatto pulsini ham tekshirdi. Yakunda esa adashmasdan Gabriel Magalyaesni ko'rsatdi.
O'yinchilar shokda edilar! Ammo "shporlar" ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng Arteta sirni ochdi: u butun vaqt davomida jamoani mehmonxonadagi kuzatuv kameralari orqali kuzatib borgan 🧠
Bu hikoyani jurnalist Sem Din Artetaning "Arsenal"dagi faoliyati haqidagi kitobida aytib berdi
Gabriel Magalyayns va Bruno Gimaraes Arsenal ko'rsatmasiga binoan Braziliya terma jamoasining bugungi mashg'ulotlarida to'liq qatnashishmadi.
🚨 Gabriel Magalyayns va Bruno Gimaraes bugun ertalab Braziliya terma jamoasi bilan to'liq mashg'ulot o'tkazishmadi — bunga Arsenal ko'rsatmasi sabab bo'ldi.
Klub har ikki futbolchi xalqaro tanaffusdan so'ng optimal jismoniy holatda qaytishi uchun terma jamoa bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
«Arsenal» himoyachisi Gabriel Magalyans o'zining yaqin do'sti Brunu Gimaraeshni London klubiga o'tishga chorlaganini ma'lum qildi.
🎙️ Big Gabi Brunu Gimaraesh haqida:
«Men uning shu yerda ekanligidan juda xursandman. Biz birga jahon chempionatida ishtirok etganmiz va men unga «Arsenal»ga o'tishini aytgandim! Biz juda yaqinmiz, umid qilamanki, u har kuni baxtli bo'ladi. U juda yaxshi o'yinchi, unga bu klubda juda yoqadi».
2025/26-yilgi mavsum uchun PFA talqiniga ko'ra «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrini g'olibi bugun kechqurun Manchester shahrida e'lon qilinadi.
2025/26-yilgi mavsum uchun PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi) talqiniga ko'ra «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrini g'olibi bugun kechqurun Manchester shahrida e'lon qilinadi 🏆
Gabriel Magalyans Braziliya terma jamoasi safidagi o'yinlari va kelajakdagi maqsadlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Gabriel ijtimoiy tarmoqlarda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Natija har doim ham biz orzu qilgandek bo'lavermaydi, ammo Braziliya terma jamoasi libosini kiyish — bu men uchun sharaf va uni doimo qalbimda saqlayman.
Xudoga shukur, shuningdek, bizni qo'llab-quvvatlagan va bizga ishongan barchaga rahmat. Biz yanada kuchliroq qaytish uchun oldinga harakat qilishda davom etamiz.
Gabriel Magalyayns «Arsenal» safida Premer-ligadagi gollari sonini 22 taga yetkazib, klub rekordini yangiladi.
Gabriel Magalyayns klub tarixida Premer-ligadagi eng ko'p gol urgan markaziy himoyachi sifatida qayd etildi – braziliyalik futbolchi (22) Laurent Koselni (21) turnirdagi gollar soni bo'yicha ortda qoldirdi 👏
Gabriel va Bruno Gimaraes Braziliya terma jamoasi safidan muddatidan avval qaytib, Arsenal mashg'ulotlariga qo'shilishdi.
Arsenal yaxshi xabarlarni oldi: Gabriel va Bruno Gimaraes Braziliya terma jamoasi o'yinlari yakunlanganidan so'ng muddatidan avval mashg'ulotlarga qaytishdi.
Bu Mikel Artetaga ikkala futbolchini ham shanba kuni «Lids»ga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorlash uchun qo'shimcha vaqt beradi.
PFA Angliya Premyer ligasining 2025/26-yilgi mavsumdagi ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ro'yxatdan Arsenal, Manchester Siti va boshqa klub vakillari o'rin oldi.
PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi) Angliya Premyer ligasining 2025/26-yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra ramziy terma jamoani taqdim etdi.
Ushbu ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin oldi:
Darvozabon: Devid Raya (Arsenal). Himoyachilar: Gabriel Magalyays (Arsenal), Niko O'Rayli (Manchester Siti), Uilyam Saliba (Arsenal), Yurrien Timber (Arsenal). Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted), Deklan Rays (Arsenal), Rayan Sherki (Manchester Siti). Hujumchilar: Erling Xoland (Manchester Siti), Antuan Semenyo (Manchester Siti), Igor Tiago (Brentford).