Mikel Arteta: «Enfild»dagi g'alaba barcha maqtovlardan ustun»
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Matbuot 👁 26

Mikel Arteta: «Enfild»dagi g'alaba barcha maqtovlardan ustun»

🗣️ Arteta:

«Men ushbu libos va emblemani qanday himoya qilayotganimizdan, ayniqsa to'rt kun oldin sodir bo'lgan voqealardan keyin, nihoyatda faxrlanaman. Biz maydondagi har bir harakatimizga bor kuchimizni sarfladik».

Mikel Arteta:

«Hatto raqib hujumlarini qaytarishga to'g'ri kelganda ham zavq olish kerak».
«Men juda mamnunman. O'yinimiz, kurashishga bo'lgan irodamiz va yaratgan vaziyatlarimiz — barchasi shunchaki ajoyib edi».
«Bu yerda, «Enfild»da qozonilgan g'alaba barcha maqtovlarni yanada qadrliroq qiladi».

APL tarixida ilk bor «Liverpul» «Enfild»da darvoza sohasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olmadi.

Arteta ushbu natija haqida:

«Bu jamoamizdagi har bir futbolchining fidoyiligini ko'rsatadi. Bunday darajadagi jamoaga qarshi bunday statistikaga erishish — favqulodda holat».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!