Mikel Arteta va uning g'ayrioddiy psixologik usuli
Arsenal | Арсенал ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 25

Mikel Arteta va uning g'ayrioddiy psixologik usuli

Kreativlik Arteta tomonidan: murabbiy o'zining o'yinchilarni nigohi va tana tili orqali o'qiy olish qobiliyatiga ularni ishontirdi 🍷

2022-yil oktyabr oyida "Tottenxem"ga qarshi derbi oldidan Arteta futbolchilarga ulardan birining butsisiga kichik bir buyum yashirishni taklif qildi. Murabbiy kimda ekanligini topishi kerak edi. Buning uchun Mikel o'yinchilarning yuzlarini diqqat bilan o'rgandi, ko'zlariga qaradi va hatto pulsini ham tekshirdi. Yakunda esa adashmasdan Gabriel Magalyaesni ko'rsatdi.

O'yinchilar shokda edilar! Ammo "shporlar" ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng Arteta sirni ochdi: u butun vaqt davomida jamoani mehmonxonadagi kuzatuv kameralari orqali kuzatib borgan 🧠

Bu hikoyani jurnalist Sem Din Artetaning "Arsenal"dagi faoliyati haqidagi kitobida aytib berdi

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!