Mikel Arteta «Arsenal»ning «Enfild»dagi tarixiy g'alabasi haqida fikr bildirdi:
«Ular bilan faxrlanaman. Juda ham faxrlanaman. 14 yil o'tdi. Bu uzoq vaqt. Ishonchim komilki, bugun biz klub bilan bog'liq bo'lgan barchani o'zimiz bilan faxrlantira oldik».
«Faqat g'alaba bilan emas, balki buni qanday amalga oshirganimiz bilan ham. Biz ko'rsatgan ruh, bu libosni, bu emblemani qanday olib yurganimiz bilan».
«Futbolning sehri aynan shunda. U sizni juda yomon vaziyatga [«Flitvud»dan uchralgan mag'lubiyat] olib kelishi mumkin, ammo to'rt kundan so'ng sizda tarixiy narsani amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi va biz buni uddaladik».
«Bizga biroz omad ham kulib boqdi. Bizga omad keldi va kerakli pallalarda sifatli o'yin namoyish etdik».
«Bugun hali juda erta. [Chempionlik haqidagi gap-so'zlar] Bugun biz shunchaki bugungi kun bilan yashayapmiz. Keling, ushbu ajoyib g'alabadan futbolchilarimiz, xodimlarimiz va muxlislarimiz bilan birgalikda zavqlanamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!