Markus Kroshe «Milan»ga o'tishga yaqin
Karlo Pellegatti xabariga ko'ra, Markus Kroshe «Milan» futbol yo'nalishi rahbari lavozimiga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Yakuniy qaror payshanbagacha kutilmoqda.
Kroshe — «Milan» bilan muzokaralarning so'nggi bosqichida?
Karlo Pellegatti xabariga ko'ra, Jerri Kardinale Markus Krosheni futbol yo'nalishi rahbari lavozimiga munosib nomzod deb hisoblamoqda. Biroq, yakuniy kelishuv hali mavjud emas — jurnalistning so'zlariga ko'ra, asosiy ikkilanishlar aynan nemis mutaxassisining o'zidan chiqmoqda.
«Ayntraxt» Kroshening muddatidan avval ketishi uchun kompensatsiya olishi kerak. Avvalroq 5–7 million yevro haqida so'z yuritilgandi, ammo yakuniy summa bundan kamroq bo'lishi mumkin.
Yana bir masala — uning ehtimoliy shtabi, jumladan Timmo Xarding. Shu bilan birga, «Milan» Kroshe avvaliga hozirda ishlayotgan mutaxassislarni baholashini istamoqda.
Angliya klublarining qiziqishi va «Bavariya» rahbariyatidagi mumkin bo'lgan o'zgarishlar ham uning qaroriga ta'sir qilishi mumkin.
Pellegatti ma'lumotiga ko'ra, javob payshanbagacha kutilmoqda. Agar Kroshe rozi bo'lsa, loyihani darhol amalga oshirishni boshlashadi. Agar u ko'proq vaqt so'rasa yoki rad etsa, «Milan» boshqa variantlarni ko'rib chiqadi.
Qanday o'ylaysiz, Kroshe yakunda «rossoneri» taklifini qabul qiladimi? 👀