🎙 Arteta "Manchester Siti" ishi haqida:
"Men bu savolni juda yaxshi tushunaman, ammo huquqiy jarayonni, uning muddatlarini va ishning borishini hurmat qilish juda muhim. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan, chunki apellyatsiya berilgan. Mening va klubning pozitsiyasi shundan iboratki, ushbu ish yakuniga yetmaguncha hech qanday qo'shimcha izoh bermaymiz".
"Manchester Siti" ishi "Arsenal" qo'liga o'ynashi mumkinmi?
"Bu bizning qo'limizda emas. Biz faqat o'zimizni qanchalik yaxshi tayyorlay olishimizni nazorat qila olamiz. Barcha futbolchilarimiz terma jamoalardan qaytishdi va vazifamiz — ertaga "Lids"ni mag'lub etish uchun ularni eng yaxshi holatga keltirish. Hozir butun e'tiborimiz aynan shunga qaratilgan".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!